Iroqning Mosul shahrida 100 ming kishi IShID guruhi jangarilari tomonidan tirik qalqon sifatida ushlab turilibdi. Bu haqda Jenevada o‘tkazilgan matbuot anjumanida BMT qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Iroqdagi vakili Bruno Geddo bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“100 mingdan ortiq tinch fuqaro Eski shaharda ushlab turilibdi”, — dedi u.
Siyosatchining tushuntirishicha, deyarli barcha tutqunlardan tirik qalqon sifatida foydalanilmoqda.
Geddoning so‘zlariga qaraganda, terrorchilar shahardan qochishga uringan odamlarni tutib qolmoqda. Shaharliklar suvsiz, ovqatsiz, elektr quvvatisiz qolayotganiga alohida e’tibor qaratdi.
O‘tgan yil oktabrida Mosulni ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlanganidan buyon 862 ming kishi o‘z uylarini tashlab chiqib ketdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)