Rossiya tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastirkin Patriarx Kirillga Yekaterinburg jasadlari — oxirgi rus podshosi Nikolay II ning otib o‘ldirilgan oila a’zolari shaxsini tanish ekspertizasi oraliq natijalari haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Tergov qo‘mitasi tomonidan kompleks ekspertiza, jumladan, tarixiy, genetik, antropologik ekspertiza tayinlangan.
Danilov monastirida qarorgoh Patriarxi tomonidan Yekaterinburg jasadlari shaxsini aniqlash masalasiga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tganligi ma’lum qilinmoqda. Unda Tergov qo‘mitasi delegatsiyasi, shuningdek, jasadlarni o‘rganish natijalarini tadqiq etish uchun tuzilgan cherkov maxsus komissiyasi a’zolari ishtirok etgan.
Izoh (0)