IShID terrorchilari soni 80 mingga yaqin bo‘lib, ulardan 30 ming nafari 80 ta mamlakatdan yollangan kishilardir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik rejissor Oliver Stounning filmida ma’lum qildi. Filmning uchinchi qismi Showtime telekanalida namoyish etildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Putin chet ellik jangarilar orasida Rossiya fuqarolari ham borligidan shikoyat qildi.
U mazkur terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashdagi progressga va jangarilarga qarshi operatsiyalarda Moskvaning jiddiy ishtirokiga urg‘u berdi.
“Uchuvchilarimiz sutkasiga 70—120 ta zarba bersa, AQSh boshchiligidagi butun koalitsiya ikki, uch, beshtagacha zarba bermoqda”, — dedi Putin.
“Juda katta hudud hamon IShID nazorati ostida. Biroq ancha hudud ozod etildi. Bu hududlar allaqanday makon yoki cho‘lning bir qismi emas, ular Suriya uchun hayotiy muhim hududlardir”, — deya xulosa qildi davlat rahbari.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)