AQSh kongressining Demokratlar partiyasidan saylangan qariyb 200 nafar a’zosi mamlakat prezidenti Donald Trampga qarshi da’vo tayyorlamoqda. “Gazeta.ru”ning The Washington Post’ga asoslanib bildirishicha, ular mamlakat rahbarini chet el davlatlaridan sovg‘a va mukofotlar olish bo‘yicha konstitutsion taqiqni buzishda ayblamoqda.
Dastlab Vashington va Merilend shtati bosh prokurorlari Tramp ustidan sudga shikoyat qilganidan so‘ng ularning qatoriga yuqorida tilga olingan 196 nafar da’vogar qo‘shildi.
Kongressning 37 sahifali murojaatida aytilishicha, mamlakat chet el mamlakatlari AQSh ishlariga aralasha olishidan, ayniqsa ular mamlakat rahbari saylanishiga ta’sir o‘tkaza olishidan xavotirda.
Izoh (0)