Shuhrat Mutalov Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori etib tayinlandi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Mutalov bungacha mazkur institutda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Institut saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Shuhrat Mutalov texnika fanlari nomzodi, dotsent. U shu institutning bitiruvchilaridan biri bo‘lib, bu yerda o‘qishni tamomlaganidan — 2001-yildan beri ishlab keladi.
Eslatib o‘tamiz, institutning avvalgi rektori Sadriddin Turobjonov bir oy avval Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori etib tayinlangan edi.
Izoh (0)