Joriy yil davomida Navoiy viloyatida bir qator tarixiy maskanlarda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “O‘zbekturizm” xabar bermoqda.
O‘tgan chorakda Karmana tumanidagi “Raboti Malik” karvonsaroyida xuddi shunday ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Hozirda esa “Qosim Shayx” ziyoratgohida ko‘rkamlashtirish ishlari olib borilyapti. Qadamjoda ustalar tomonidan hovlilardagi supalar, xonaqoh gumbazi, darvoza va eshiklar ko‘rinishini yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu ikki ziyoratgoh ta’miri uchun 1,5 milliard so‘mdan ortiq hajmdagi ishlar amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur obyektda ta’mirlash ishlari tez kunda yakunlanib, yana ziyoratchi va sayyohlarni qabul qilishni boshlaydi.
Kelgusida “Mir Said Bahrom” ziyoratgohi, “Raboti Malik”, “Sardoba”, “Shayx Abulhasan Nuriy” maqbaralari kabi yana sakkizta qadamjoni ta’mirlash ko‘zda tutilmoqda.
Izoh (0)