Yamanda joylashgan harbiy lagerga “al-Qoida” jangarilari deb taxmin qilinayotgan guruhning hujum qilishi oqibatida ikki harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, o‘n nafar jangari yo‘q qilindi.
Hujum 12-iyun ertalabki soatlarda Xadramaut viloyatidagi Badda aholi yashash punkti yaqinida ro‘y berdi. Jangarilar harbiy lager yaqinida ikki minalashtirilgan avtobusni havoga uchirdi. Portlashdan so‘ng otishma boshlanib ketdi.
Harbiylarning bildirishicha, hujum qaytarilgan, ayni paytda atrofdagi fermalarga yashiringan jangarilar ta’qib qilinmoqda.
Izoh (0)