Rossiyaning Omsk viloyatidagi Solomatin nomli hayvonot bog‘iga kirgan shirakayf yigitlar Qizil kitobga kirgan jingalak saqoqush va Daur turnasi, shuningdek, tustovuqning boshiga yetdi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
Tekshiruv davomida politsiya bu jinoyat ortida 20 va 22 yoshda bo‘lgan ikki mahalliy fuqaro turganini aniqladi. Ular mast holda tunda qulfni buzib, hayvonot bog‘iga kiradi.
Ular avvaliga urg‘ochi bug‘udan kabob qilmoqchi bo‘ladi, ammo jonivorni tutolmaydi. Shundan so‘ng qushlar saqlanayotgan maydonchaga kirib, bolg‘a bilan ulardan uchtasining boshini majaqladi.
Mazkur holat bo‘yicha “Hayvonlar bilan shafqatsiz muomala qilish” va “O‘g‘rilik” moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘aldi.
Izoh (0)