Yaponiyaning Xokkaydo oroli tog‘larida 72 million yil oldingi 8 metrli dinozavr qoldiqlari topildi. Tosh qotgan skelet mamlakatda aniqlangan shunday topilmalarning eng yirigi hisoblanadi, deya xabar beradi National Geographic.
Paleontologlar gidrozavrning 8 metrli skeleti topilganini “yapon dinozavrlari tadqiqoti tarixidagi buyuk kashfiyotlardan biri”, deb hisoblamoqda.
Mutaxassislarga ko‘ra, bunday to‘liq holatdagi skeletlarni topish kamdan-kam nasib etadi. Olimlar ixtiyorida 190 ta tosh qotgan qism bo‘lib, bu uning egasini deyarli to‘liq tiklash imkonini beradi.
Izoh (0)