Uch yosh rassom — Xun I Chen, Guo I Xuey va Chen Yu Ti “Ifloslangan suvdan mevali muzqaymoq” nomli loyihani amalga oshirdi. Loyihaga ko‘ra, ular Tayvan suv omborlaridagi ifloslangan suvlardan va chiqindilardan iborat yuz xil shakldagi muqaymoq yaratgan. Bu haqda “Daily Afisha” xabar berdi.
Dastlab rassomlar orolning yuzlab joylaridagi suv namunalarini yiqqan, keyin esa ularni muzqaymoq shaklini beruvchi idishlarda muzlatgan. Hosil bo‘lgan “muzqaymoqlar” suv va poliefir aralashmasi bilan yuvilgan. Har bir nusxa o‘ziga xos dizayn bilan qadoqlangan, ularning tartib raqami va ingredientlari tavsifi bor: butilka qoldig‘i, plastik krujkaning bir qismi, polietilen, neft va boshqalar.
Polluted Water Popsicles loyihasi yosh dizaynerlar uchun mo‘ljallangan Young Pin Design Award milliy mukofotiga nomzod sifatida taqdim etilgan.
Izoh (0)