AQSh kiberqurol arsenali o‘tgan yil davomida internetda IShIDga qarshi kurash olib borishda o‘zining butunlay samarasiz ekanligini namoyish etdi. Bunday qarorni Barak Obama ma’muriyati tan olgan edi, ammo u o‘z xulosalarini oshkor qilmasdan, IShIDga qarshi kurashni Donald Tramp ma’muriyatiga topshirib ketdi. Bu haqdagi maqola The New York Times gazetasida chop etildi, deb xabar beradi “TASS”.
Nashrda ta’kidlanishicha, Pentagon qariyb bir yil muqaddam IShIDga qarshi kurashda AQSh shu paytgacha asosan Rossiya, Xitoy, Eron va KXDRga qarshi qo‘llab kelgan qurol hisobdidan yangi jabha ochilganini e’lon qilgan edi. Yangi vazifa internetda ekstremizm targ‘ibotini, jangarilar yollanishini, jangarilar orasida axborot almashinuvini butunlay to‘xtatib qo‘yishdan iborat edi. Ammo amerikalik mutaxassislar IShID vakillari kiberqurolga tez moslashib olganini va tarmoqdagi faoliyatini tiklashning yangi yo‘llarini o‘ylab topayotgani tan olishga majbur bo‘ldi.
Buyuk Britaniya va Erondagi oxirgi teraktlar buni yaqqol ko‘rsatgan voqealar bo‘ldi.
Shuningdek, sobiq mudofaa vaziri Eshton Karter buyrug‘iga ko‘ra tayyorlanib, o‘tgan yil noyabrida Milliy xavfsizlik agentligi va AQSh qurolli kuchlari kiberqo‘mondonligi tomonidan ijro etilgan Glowing Symphony operatsiyasi ham vaqtinchalik muvaffaqiyat keltirdi.
Ammo yakuniy oqibatlar shu qadar ayanchli bo‘ldiki, Obama Milliy xavfsizlik agentligi direktori, AQSh kiberqo‘mondonligi rahbari admiral Maykl Rojersni chetlashtirishga harakat qilib ko‘rdi. Lekin Tramp uni AQShning 16 maxsus xizmati faoliyatini nazorat qiluvchi milliy razvedka direktori etib tayinlashni rejalashtirgani ma’lum bo‘lganidan so‘ng admiral o‘z o‘rnida qoldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)