Litvada bugun, 12-iyun kuni boshlangan Gelezinis vilkas 2017 (“Temir bo‘ri - 2017”) o‘quv mashg‘ulotlarida Shimoliy Atlantika alyansi to‘qqiz mamlakatidan besh mingdan ortiq askar va ofitser qatnashmoqda. Bu haqda Boltiq respublikasi mudofaa vazirligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
“Mamlakatning janubiy, markaziy va sharqiy qismlarida 23-iyunga qadar davom etadigan o‘quv mashg‘ulotlariga Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya va AQShdan 5,3 ming harbiy xizmatchi jalb etilgan”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi Litvaga joylashtirilgan, Germaniya boshchiligidagi NATO xalqaro batalyonining jangovar topshiriqlarni bajarishga shayligini ishlab chiqish, shuningdek, milliy qurolli kuchlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirishdan iborat.
Boshqarma o‘quv mashg‘ulotlari davomida harbiy texnika nafaqat poligon hududida, balki fuqarolik hududlarida ham bo‘lishini ma’lum qildi.
Izoh (0)