Argentinada uchuvchi-xonanda Eseysa aeroporti ish maromini buzdi. Cessna kichik samolyotini boshqargan erkak kabinada tasodifan mikrofonni yoqib qo‘yib, mamlakatda mashhur bo‘lgan Despacito qo‘shig‘ini xirgoyi qila boshladi. Bu haqda “Argumenti i fakti” xabar bermoqda.
Uchuvchi qo‘shiq so‘zlarini buzib aytar, qolaversa, ora-orada so‘kinar va hazil-huzul qilardi. Bularning barchasini 15 daqiqa davomida aeroport dispetcherlari va boshqa samolyotlar uchuvchilari eshitishga majbur bo‘ldi.
Qo‘nishga chog‘lanayotgan laynerlar komandirlari esa dispetcherlar bilan bog‘lanish uchun boshqa aloqa chastotatalarini qidirishga majbur bo‘ldi.
Uchuvchi efirda bo‘lganini fahmlagach, hamkasblari oldida kechirim so‘rashni boshladi. Hodisa aeroport faoliyatida jiddiy oqibatlarga olib kelmagani bildirilmoqda.
Izoh (0)