Yaponiyalik kelin-kuyov to‘y uchun noodatiy syomka uyushtirishga qaror qildi. Ular Ivafune yaqinidagi karyerga borib, u yerda haqiqiy portlash yordamida mushakbozlik uyushtirdi. Bu haqda Mashable xabar bermoqda, deb yozadi “DailyAfisha”.
Kelin-kuyov o‘z g‘oyasini ro‘yobga chiqarish uchun Cosnavi kompaniyasiga murojaat qildi. Syomka bilan o‘nlab xodim shug‘ullandi, ular mazkur joyga qimmatbaho uskunalarni keltirdi. Syomka kelin-kuyovga qanchaga tushganligi ma’lum qilinmadi.
Ular syomka davomida kiyimlari rasvo bo‘lishini hisobga olib, ancha arzon to‘y liboslarini xarid qildi. Erkak va ayol portlash yuz bergan karyer fonida qotib turdi va kuchli portlash davomida zarracha ham qimirlamadi.
Nikoh marosimi 2015-yilda bo‘lib o‘tgan. Biroq kelin-kuyov oshkor etilmagan sabablarga ko‘ra endi fotosessiya uyushtirishga qaror qilgan.
Izoh (0)