Xitoyning Chendu shahridagi (Sichuan provinsiyasi) katta pandalarni ko‘paytirish tadqiqot markazida eng keksa urg‘ochi bambuk ayiqlardan biri o‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bu yil Susu laqabli panda 34 yoshga to‘lgandi. Bu inson umriga qiyoslaganda taxminan 104 yilga teng hisoblanadi.
Oxirgi paytlarda ayiq yuqori qon bosimi, qon yurak-tomir tizimi va jigar xastaliklaridan aziyat chekib kelayotgandi. Shifokorlarning urinishlariga qaramay uni saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.
Susu Chenduga 1986-yili, yovvoyi tabiatda shikast topgan holatda topilgandan so‘ng olib kelingandi. O‘shanda pandani qutqarishga muvaffaq bo‘lingan, biroq bir ko‘zi ko‘rmay qolgandi.
Izoh (0)