Italiya politsiyasi Emiliya-Romanya markaziy viloyatidagi uy muzlatkichidan yangi tug‘ilgan chaqaloq jasadini topdi. Bu haqda, mahalliy OAVga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bolani qidirish ishlari 6-iyun, seshanba kuni boshlangan edi. O‘sha kuni Milyarina shahrida yashovchi 40 yoshli ayol qon ketishi bilan mahalliy shifoxonaga murojaat qilgan va deyarli shu zahoti hushini yo‘qotgan. O‘ziga kelgan ayol bir necha kun avval qattiq yiqilib tushganini ta’kidlagan.
Biroq o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng shifokorlar ayol tibbiy muassasaga muddatidan oldingi tug‘uruq yoki abortdan so‘ng kelganligini aniqladi.
Shifokorlar hodisa haqida politsiyaga ma’lum qildi, ular ikki kun davomida ayol eri va olti nafat farzandi bilan istiqomat qiluvchi uyda tintuv o‘tkazdi. 8-iyun, payshanba kuni bola qayerda ekanligini ayolning o‘zi ma’lum qildi: u olti oylik homila tug‘ilgandan keyin uni sovutkich muzxonasiga solib qo‘yganligi aniqlandi.
Fojia sabablarini aniqlash uchun prokuratura surishtiruv olib bormoqda. Huquq-tartibot organlari bola o‘lik tug‘ilgan-tug‘ilmaganligi, shuningdek, er-xotinning oilaviy hayoti sharoitlarini aniqlashi lozim. Tergovning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘p farzandli oila juda yomon sharoitda yashagan.
Izoh (0)