Beshta eng yirik IT kompaniyalari — Apple, Microsoft, Facebook, Amazon va Alphabet aksiyalari NASDAQ’dagi sotuvlar chog‘ida bir kunda 97,5 milliard dollarga tushib ketdi. Bu haqda, CNBC telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Apple aksiyalari narxi 4 foizga, qolgan kompaniyalar aksiyalarining narxi 3 foizga tushib ketdi. Bu tegishli indeks bo‘yicha yilning eng yomon haftasi bo‘ldi. Ekspertlar tushishni investorlar kompaniyalar aksiyalariga ortiqcha baho berib yuborilganini tushunib borayotgani bilan izohlamoqda.
Reuters’ga ko‘ra, tushish sabablaridan biri Goldman Sachs investitsion bankining texnologik sektor haqidagi hisoboti chop etilishi bo‘lgan.
Izoh (0)