Bir yillik tanaffusdan keyin “Proton-M” raketasi Echostar-21 Amerika sun’iy yo‘ldoshi bilan Boyqo‘ng‘irdan uchirildi. Bu haqda “Roskosmos” davlat korporatsiyasi vakiliga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Parvoz belgilangan vaqtda amalga oshirilganligi ta’kidlanmoqda. “Briz-M” tezlikni oshiruvchi bloki Echostar-21 dan 6:55 da (Moskva vaqti bo‘yicha) ajralib chiqishi, kosmik qurilmani “tezlatuvchi”dan ajralishi esa 15:58 ga belgilangan.
“Proton”larni uchirish 2016-yilning 9-iyunida to‘xtatib qo‘yilgan edi. O‘shanda Intelsat-31 sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqayotgan “Proton” ikkinchi bosqichi faoliyatida nosozlik yuzaga kelgan edi.
Izoh (0)