Qirg‘izistonda 7-iyun kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aktivistlar davlat rahbari Almazbek Atambayevga Bishkekda yashil ko‘chatlarni noqonuniy kesib tashlanishini to‘xtatish iltimosi bilan murojaat qildi, deb yozadi “KNews”.
Aktivistlar orasida teleboshlovchilar, jurnalistlar, ekologlar bor.
Kinorejissor Gennadiy Bazarovning so‘zlariga qaraganda, meriya sovuqqonlik bilan shahardagi daraxtlarni kesib tashlamoqda.
O‘z navbatida, Bishkek shahar kengashi deputati, ekolog Emil Shukurov ekologiya uchun asosiy himoya daraxtlar ekanligi, ularni yo‘q qilgandan keyin fuqarolar sog‘lig‘i xavf ostida bo‘lishi, biroq davlat va mahalliy mansabdorlar buni anglab yetmayotganligini ta’kidladi.
Izoh (0)