Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi Saudiya Arabistonini Tehrondagi teraktlarga aloqadorlikda aybladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Bu terakt AQSh prezidentining terrorni qo‘llab-quvvatlaydigan Saudiya yetakchilari bilan uchrashuvidan bir haftagina o‘tib ro‘y berdi. IShID javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani ular ushbu vahshiyona hujumga aloqadorligini isbotlaydi”, — ma’lum qildi armiya rahbarining o‘rinbosari generali Hussayn Salomiy.
Salomiy, shuningdek, Eron hujum uyushtirganlar va bunga aloqadorlarni jazolashini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Mavzuga doir: Tehrondagi ikki terakt. Asosiy ma’lumotlar
Ayol libosidagi yana to‘rt kishi parlamentga bostirib kirdi, ammo ular xavfsizlik kuchlari tomonidan yo‘q qilindi. Buning oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 48 kishi yaralandi. Javobgarlikni o‘z zimmasiga IShID oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)