Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat fuqaroligini qabul qiluvchilar uchun qasamyod joriy etishni taklif qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
U bunday tajriba xorijiy mamlakatlarda borligini eslatib o‘tdi.
“Odam mamlakatimiz fuqaroligiga kirar ekan, bu o‘rinda ayrim mamlakatlar tajribasini o‘rganib va joriy etib, qasamyod yoki boshqa tantanali marosim kiritish mumkin. Bu bilan odam o‘zining mamlakatimiz fuqarosi bo‘lish, uning qonunlariga rioya etish, an’analarini hurmat qilish niyatini tasdiqlaydi. Men sizlardan deputatlar bilan birgalikda shu mavzuni o‘ylab ko‘rishingizni so‘rayman”, — dedi u parlament quyi palatasi spikeri Vyacheslav Volodin bilan uchrashuv chog‘ida.
Fuqarolikka o‘tish chog‘ida qasamyod qabul qilish bir qator mamlakatlarda, jumladan, AQShda bor.