Oybek Adhamjonov O‘zbekiston Prezidentining 6-iyundagi qaroriga binoan Davlat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Oybek Adhamjonov Moliya vazirligining Iste’mol bozori, transport va xizmat ko‘rsatish sohasi moliyaviy va narx nazorati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.