O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaroriga binoan bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi, deb xabar berdi UzDaily.
Prezident qaroriga muvofiq Erkin Muhitdinov O‘zbekiston Respublikasining bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bunga qadar Erkin Muhitdinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati Aholi bandligi va turmush darajasi masalalari bo‘yicha sho‘ba mudiri lavozimida ishlagan va yangi lavozimi sabab oldingisidan ozod etilgan.