Vashingtonda bo‘lib o‘tgan marosim davomida Chernogoriya NATOning rasmiy a’zosiga aylandi. Bu haqda, Chernogoriya hukumatining Twitter’dagi rasmiy sahifasiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Tashqi ishlar vazir Serjan Darmanovich Shimoliy Atlantika shartnomasi ratifikatsiyasi haqidagi hujjatni kiritdi”, — deyiladi xabarnomada.
Chernogoriya bosh vaziri Dushko Markovich ushbu voqeaning mamlakat uchun muhim tarixiy ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.
Ilgariroq NATO davlatlari Chernogoriyaning alyansga qo‘shilishi haqidagi bayonnomani ratifikatsiya qilganidan so‘ng Rossiya mamlakatning bir qator siyosatchilari, jumladan, bosh vazirga qarshi sanksiyalar joriy qilgan edi.