NASA astronavtlari kosmik sharoitda uchinchi katta yong‘in keltirib chiqarish uchun Cygnus xususiy kosmik yuk tashuvchisini tayyorladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Agentlik bu kabi yong‘inlarni ishdan chiqqan kemalar bortida o‘tkazadi. Bundan maqsad — Mars va boshqa sayyoralarga parvoz chog‘ida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan bu kabi favqulodda holatlarga tayyorgarlik ko‘rish.
“Yaqindagina fazoda haqiqatga o‘xshash yong‘in uyushtirish imkoniyatimiz tug‘ildi, Saffire’dagi tajriba olov tortishish kuchi yo‘qligida o‘zini qanday tutishini o‘rganishda yordam berdi. Keyingi tajribalar — Saffire-4,5 va 6 yong‘inlarni yanada keng miqyosli qilib, olovni o‘chirish va yong‘in oqibatlaridan qutulish bo‘yicha tizimlarni tekshirish imkonini beradi”, — ma’lum qildi NASA’ning Glenn nomli tadqiqot markazi vakili, tajriba rahbari Devid Urban.
Saffire tajribalari Urban jamoasi tomonidan o‘tgan yili boshlangan edi.
Izoh (0)