Berlin va Anqara o‘rtasidagi diplomatik nizoni bartaraf qilishga bo‘lgan oxirgi urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Shu munosabat bilan Germaniya Turkiyadan qo‘shinlarini olib chiqib ketishga qaror qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Muqaddam Anqara Germaniya parlamentariylari Turkiyaning Injirlik aviabazasidagi bundesver askarlarini ko‘rish uchun kelishini taqiqlagan edi. 5-iyun kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Anqaraga tashrif buyurdi, ammo u mazkur muammoni hal qilish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi.
Turkiyaga tashrifidan ilgari Bild am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida Gabriel Germaniya Iordaniya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkinligini aytib o‘tgan edi.
“Agar Turkiya rasmiylari nemis deputatlariga ichki siyosiy mulohazalar ortidan Injirlik bazasiga kelishga ruxsat bermas ekan, Berlin va Anqara ixtilofsiz va hamkorlik asosida qo‘shinlar joylashtirilishini to‘xtatishi lozim”, — degan edi siyosatchi.
Uning ta’kidlashicha, Germaniya harbiylarini Iordaniyada qaytadan joylashtirishda hech qanday muammolar yuzaga kelmaydi.
“Bir necha o‘n yillardan buyon Iordaniya mintaqada barqarorlik langari bo‘lib turibdi”, — qo‘shimcha qildi vazir.
Izoh (0)