Chempionlar ligasi finalini Turinda tomosha qilgan va keyinchalik ommaviy tiqilinchdan jabrlangan futbol muxlislari soni 1527 kishini tashkil qildi, deb ma’lumot berdi Turin shahar ma’muriyati.
Avvalroq Yevropa Chempionlar ligasining “Real” hamda “Yuventus” klublari o‘rtasidagi final uchrashuvini Turin shahrida tomosha qilgan muxlislarning 1000 dan ziyodi sarosima oqibatida kelib chiqqan tartibsizlikdan jabr ko‘rgani aytilgandi.
Jiddiy jarohatlanganlar soni 3 nafarni tashkil qiladi. Ular orasida 4 yoshli bolakay ham bor. Uning ahvoli anchagina og‘ir bo‘lib, shifokorlar hayotini saqlab qolish choralarini ko‘rish bilan band.
Ma’lumot uchun, “Real” uchinchi golni urgan bir paytda petardalar tovushi eshitilgan. Ayrim manbalar esa ulkan temir darvozaning qulashi natijasida bu tovush kelib chiqqani haqida ma’lumot bergan. Buning oqibatida minglab futbol muxlislari turli tomonlarga qocha boshlagan. Sarosima hamda tiqilinch bir qator ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqargan.
Izoh (0)