Borovskiy kolleji o‘quvchisi, kollejdoshlari tomonidan kaltaklanganidan so‘ng olamdan o‘tgan o‘smir Jasur Ibrohimovning o‘limida ayborlarni jazoga tortish talab etilgan petitsiya imzolandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Imzolash Do‘stlik (sobiq Bobur) bog‘i hududida bo‘lib o‘tdi. Murojaat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri nomiga yo‘llangan bo‘lib, uni qariyb 400 kishi imzoladi.

Petitsiya. Foto: “Daryo”

Petitsiya. Foto: “Daryo”

Petitsiyani imzolash uchun kelgan fuqarolarga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Tergov boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jayev holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va tergov ishlari olib borilayotganini ma'lum qildi.

O‘z navbatida, shu masalada ochilgan onlayn petitsiyani imzolaganlar soni 8500 kishidan oshdi.

Petitsiya imzolash jarayoni ichki ishlar idoralari nazoratida tartibli bo‘lib o‘tdi.

“Daryo” voqea joyidan fotosuratlar taqdim etadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi Borovskiy nomidagi kollejning 2-kursida ta’lim oluvchi Jasurbek Ibrohimov 1-iyun kuni kasalxonada vafot etdi. U 3-may kuni kollejdoshlari tomonidan qattiq kaltaklangan, shundan so‘ng kasalxonaga tushgan edi. Shifokorlar jabrlanuvchini besh marta operatsiya qilgan, biroq uning hayotini saqlab qola olmagan. Marhumning onasi aybdorlarni jazolashni so‘rab, O‘zbekiston Prezidentiga murojaat qildi. Toshkent shahar IIBB buning yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Mavzuga doir:

Kollejdoshlari tomonidan ayovsiz do‘pposlangan marhum Jasurbek Ibrohimovning onasi murojaati

Borovskiy kolleji o‘quvchilari ayovsiz do‘pposlagan yigit vafot etdi, marhumning onasi O‘zbekiston Prezidentidan yordam so‘radi. Asosiy ma’lumotlar