BAAda nigeriyalik ikki erkak o‘g‘rilikda ayblanib ushlandi. Bu haqda UAEInside xabar bermoqda.
Aytilishicha, ular WhatsApp messenjerida qizlar nomidan yozgan va erkaklarni aldab, ularni tunagan.
Jumladan, ular bir portugaliyalik turist bilan tanishib, uni mehmonxonaga taklif qilgan va o‘sha yerda talon qilgan. Bundan tashqari, ular portugaliyalikni yechinishga majbur qilgan va jarayonni videoga olgan.
Voqea 18-fevral kuni bo‘lib o‘tgan. Turist bilan tanishuv esa ancha oldin — u Dubayga kelishidan ilgari o‘rnatilgan edi. O‘g‘rilar turistni uning yechinishi aks etgan videoni tarqatish bilan qo‘rqitib, seyfidagi qimmatliklarni qo‘lga kiritgan.
Erkaklarning yoshi 31 va 33 yoshda. Ular bir yildan Dubay qamog‘ida o‘tirib, so‘ng deportatsiya qilinadi.
Izoh (0)