Sankt-Peterburgda 2-iyun kuni keksa ayol ko‘chada muzlab qolib, halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 70—75 yoshlar atrofidagi ayol shahat avtobus bekatlaridan biridan hushsiz holda topilib, shifoxonaga olib kelingan.
Shifokorlar keksa ayolga haddan tashqari sovqitish tashxisini qo‘ygan. Oqibatda pensioner ayol shifoxonada vafot etgan.
“Interfaks”ning yozishicha, sinoptiklar Peterburgdagi shamol va yomg‘irli sovuq havo hali davom etishini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)