• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    Rossiyada endi xorijiy (jumladan, O‘zbekiston) haydovchilik guvohnomalari bilan haydovchilik qilib bo‘lmaydi. Mamlakatda rasmiy taksilar soni kamayadi

    Rossiyada 1-iyundan taksi, avtobus, “marshrutka” va yuk mashinalari haydovchilarining xorijiy haydovchilik guvohnomalari bilan ishlashini taqiqlovchi qonun kuchga kirdi. Qonun 2013-yildayoq qabul qilingan, biroq uning kuchga kirishi muntazam kechiktirib kelinayotgan edi. Shunga qaramay, Rossiyada mehnat qilayotgan minglab haydovchilarga ushbu qonun ta’sir ko‘rsatdi va mamlakatning yirik shaharlarida vaqtinchalik taksi yetishmovchiligi yuzaga keldi, deb yozadi Meduza.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    1-iyundan kuchga kirgan qonun chet elliklarga, agar ularda Rossiyada berilgan haydovchilik guvohnomalari bo‘lmasa, haydovchi bo‘lib ishlashni taqiqlaydi. Rossiya Davlat dumasi tomonidan qabul qilingan va prezident Vladimir Putin tomonidan imzolangan qonunda haydovchilik guvohnomasini Rossiyada olmagan shaxslarga “transport vositalarini boshqarish bilan bevosita bog‘liq tadbirkorlik va mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida transport vositasini boshqarish” taqiqlanishi yozib qo‘yilgan. Shunday qilib, mazkur qonun Rossiyada taksi, “marshrutka” yoki boshqa jamoat transporti haydovchisi bo‘lib ishlayotgan minglab chet elliklarni ishsiz qoldirdi.

    Agar ularning bari ishini davom ettirishni istasa, haydovchilik guvohnomasi uchun qaytadan imtihon topshirishi kerak bo‘ladi — bitta nazariy imtihon va ikkita amaliy (biri avtodromda, ikkinchisi esa shahar bo‘ylab harakat sharoitida). Rossiyaniki bo‘lmagan haydovchilik guvohnomasi bilan avtomobilni boshqarish uchun jarima miqdori 5 mingdan 15 ming rublgacha yetadi. Chet ellik haydovchiga ish beruvchi esa 50 ming rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.

    Rossiyalik deputatlar qonunning joriy etilishini xalqaro normalarga, xususan, Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi talablariga muvofiq kelish zarurati bilan oqlagan. Deputatlar ushbu qonun konvensiyaning aynan qaysi bandiga muvofiq kelishga yordam berishini ma’lum qilmadi — Vena kelishuvida xorijiy haydovchilik guvohnomasi bilan taksi haydab bo‘lmasligi haqida biror gap yo‘q.

    1 va 2-iyun kunlari butun Rossiya bo‘ylab o‘n minglab haydovchilar ishga chiqmadi. Davlat dumasining qonunchilik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari va avtomobilchilarning “Tanlov erkinligi” jamoatchilik tashkiloti raisi Vyacheslav Lisakovning ma’lum qilishicha, “o‘n minglab” haydovchilar Rossiyada ishlash huquqidan mahrum bo‘lgan. “Yedinaya Rossiya” fraksiyasi a’zosi va Davlat dumasining transport masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Yevgeniy Moskvichevning ma’lum qilishicha, Rossiyada yollanib ishlayotgan 120 ming haydovchidan kamida 70 ming nafarida Rossiya namunasidagi haydovchilik guvohnomalari yo‘q. “Sensatsiya bo‘lmaydi, transport sohasi to‘xtab qolmaydi. Ishlashni istaganlar, haydovchilik guvohnomasini almashtiradi, qolganlar esa qaytib ketadi”, — dedi Moskva avtomaktablar ittifoqi raisi Aleksandr Achkasov.

    Moskva Savdo-sanoat palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva shahrida 1-iyundan beri 20 foiz haydovchi ishga chiqmayapti. Moskvadagi yirik taksi parklaridan biri — Nexi’ning boshqaruvchi direktori Oleg Kostrubinning tasdiqlashicha, 1-iyundan boshlab avtokorxonaning 25 foiz haydovchisi — asosan Belarus va O‘rta Osiyo respublikalari fuqarolari ishga chiqa olmayapti. Sankt-Peterburgdagi “Blagost” taksi xizmati boshqaruvchisi Artyom Ponyatov taksopark haydovchilarining uchdan biri — Rossiya namunasidagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan xorijiylardir.

    Rossiyaning boshqa hududlaridagi taksi parklari ham shunday muammolarga duch kelgan. Kaliningrad viloyatida esa ish mahalliy DAN rahbariyati “masala yakuniy hal etilmaguniga qadar” Rossiya namunasidagi haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan haydovchilarni ishga olgan ish beruvchilarni javobgarlikka tortmaslikka va’da berishigacha borib yetgan.

    Rasman chet ellik haydovchilarda o‘z guvohnomalarini Rossiya namunasidagi hujjatlarga almashtirib olish uchun bir necha yil vaqt bor edi. Qonun 2013-yili qabul qilingan va 2014-yil 1-iyundan kuchga kirishi lozim edi, biroq so‘nggi lahzada uning kuchga kirishi sanasi 2015-yil 1-iyuniga qadar uzaytirilgan edi. 2015-yilning aprelida esa muddat yana ko‘chirildi — bu safar 2017 yilga. Vyacheslav Lisakovning tushuntirishicha, qonunning kuchga kirishi sanasi Qrimning qo‘shib olinishi munosabati bilan kechiktirilgan — yarimorol aholisi o‘sha vaqtda faqat Ukraina namunasidagi haydovchilik guvohnomalariga ega bo‘lgan.

    Taksi saroylarining boshqaruvchilari qonunning kuchga kirishi bilan Rossiyada noqonuniy kirakashlar soni ko‘payishini taxmin qilmoqda. “Haydovchilar baribir non topib yeyishni istaydi. Oqibatda noqonuniy kirakashlar, taksiga hech qanday aloqasi yo‘q — ne brendi bo‘lgan, na tibbiy va texnik ko‘rikdan o‘tgan haydovchilar paydo bo‘ladi. Bunday mashina manzilga bexavotir yetib boradi, degan ishonch endi mijozda bo‘lmaydi. Biz 1990-yillarga qaytyapmiz”, — deya xavotirlarini bildirdi “Blagost” taksi parki vakili Artyom Ponyatov.

    02.06.2017, 20:19   Izoh (0)   20979
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yo‘llarni ta’mirlovchi yangi mashinaning moduli paydo bo‘ldi (video)

    02.06.2017, 16:43

    Dubayda amirliklardagi eng yirik minilgan avtomobillar bozori ochiladi

    02.06.2017, 16:15

    Fotogalereya: Rossiyada sotuvda bo‘lgan eng qimmat mashinalar o‘ntaligi

    02.06.2017, 16:03

    Fotogalereya: Amerikaning o‘zgacha yuk mashinalari

    02.06.2017, 13:30

    Opel kompaniyasi Rim papasiga elektrokar sovg‘a qildi

    02.06.2017, 10:25

    GM Uzbekistan avtomobillar ketma-ketligini kuzatish imkonini beruvchi tizimni ishga tushirdi

    02.06.2017, 08:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Livandagi qishloqda xo‘roz boqish taqiqlandi

    Dunyo | 30 iyun, 13:31

    “Prezident Sadir Japarov uch kundan buyon samolyotda uxlamoqda” — Qamchibek Tashiyev

    Qirg‘iziston | 30 iyun, 13:22

    Ronaldu: “Murabbiylik men uchun emas”

    Sport | 30 iyun, 13:04

    “Yoshlarimizga hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish burchimizga aylangan” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 30 iyun, 12:57

    “ ‘Forsaj’ning yakuniy qismida marhum aktyor Pol Uoker qaytadi” — Vin Dizel

    Kino | 30 iyun, 12:40

    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

    Reklama | 30 iyun, 12:00

    Eron 9 ta atom bombasi uchun yetarli uran zaxirasini yashirgan bo‘lishi mumkin — Reuters

    Dunyo | 30 iyun, 12:10

    Pokistonda sel va kuchli yomg‘ir oqibatida halok bo‘lganlar 32 nafarga yetdi

    Dunyo | 30 iyun, 11:56

    Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 11:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.