GM Uzbekistan avtomobillari sotuvining shaffofligini ta’minlash maqsadida yetkazib beriladigan mahsulotlar ketma-ketligini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi elektron arizalarni ro‘yxatga olish tizimini joriy qildi. Bu haqda “Uznews.uz” xabar bermoqda.
Arizalar holatini ushbu link orqali o‘tib, ko‘rishingiz mumkin.
“Elektron arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun rasmiy dilerlik avtosalonlaridan biriga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Avtosalon xodimlari tomonidan elektron arizani ro‘yxatdan o‘tkazish rad qilinganda, qo‘shimcha mukofotlar yoki boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar talab qilinganda, zudlik bilan quyidagi ishonch raqamlariga xabar qilishingizni so‘raymiz: +99871 147 14-14”, – deb qayd etilgan GM Uzbekistan’ning Facebook sahifasida chop etilgan xabarda.
Izoh (0)