IShID jangarilari Mosulning terrorchilar nazorati ostidagi hududidan qochishga uringan yetti kishini o‘ldirdi, 20 dan ortiq tinch fuqaroni yaraladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Zanjili tumanidan gumanitar koridor orqali qo‘lida oq bayroqlar bilan chiqib kelayotgan tinch aholi vakillari o‘qqa tutilgan.
Politsiya xodimining axborotiga ko‘ra, minomyotdan o‘qqa tutilgan 23 kishi yaralangan va shifoxonaga yetkazilgan. O‘nlab odamlar armiya nazorati ostidagi hududga eson-omon yetib bora olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)