Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sud tomonidan biznesmen Alisher Usmonovning muxolifatchi Aleksey Navalniyga nisbatan da’vosi ko‘rib chiqilayotgan vaqtda biznesmenning advokatlari Podmoskovyedagi hovli-joy Ijtimoiy loyihalarni rivojlantirish fondiga berilgani haqidagi faktni rad etmasliklarini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Biz Podmoskovyedagi hovli-joy hadya etilgani faktini rad qilmaymiz, ammo birinchidan, bu pora emas, ikkinchidan, ushbu fondning bosh vazir Dmitriy Medvedevga hech qanday aloqasi yo‘q”, — dedi Usmonovning advokati Genrix Padva.

Padva, shuningdek, hovli-joy fondga beminnat xayriya qilinganini ta’kidladi.

Alisher Usmonov Navalniyga qarshi or-nomus va obro‘ himoyasi to‘g‘risida da’vo bergan. Da’voga Navalniy boshli “Korrupsiyaga qarshi kurash fondi” tomonidan tayyorlangan “U sizga Dimon emas” nomli surishtiruvi sabab bo‘lgan; unda Alisher Usmonov Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning yaqinlariga mulk sovg‘a qilgani ta’kidlanadi, Navalniy bu sovg‘alarni “pora” deb atagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi