Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqladi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Mazkur hujjatda O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish yuzasidan murojaat qilgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘qligi shaxslarga oid ma’lumotlar biometrik bazasi shakllantirilishi belgilangan. 

Buning uchun Ichki ishlar vazirligiga Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Shaxslashtirish davlat markazi bilan birgalikda 2 oy muddatda tegishli takliflar taqdim etish topshirilgan. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasi, 22-bandiga ko‘ra, mamlakatda siyosiy boshpana berish masalasi Prezident vakolatiga kiradi. Bunday maqom xalqaro va milliy qonunchilikda huquqbuzarlik sifatida ko‘rilmaydigan harakatlari uchun o‘z yurtida ta’qib etilayotgan shaxslarga taqdim qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi