Prezident Shavkat Mirziyoyevning rasmiy saytining yangilangan versiyasi ishga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining Facebook’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi, deb xabar berdi UzNews.
Saytning bundan oldingi versiyasi 2000-yillardan beri ishlab kelayotgan edi.
President.uz saytidan yangiliklar, qarorlar, Prezident farmonlari, shuningdek, mediateka ham joy olgan. Veb-sayt o‘zbek, rus va ingliz tilida faoliyat yuritadi. Yangi sayt zaruriy barcha sertifikatlashlardan o‘tgan va xakerlik hujumlaridan ishonchli himoyalangan.
Izoh (0)