Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya tergov qo‘mitasi 29-may kuni Moskva shahri va viloyatida avj olgan dovul qurbonlarining soniga aniqlik kiritdi. Idora ma’lumotlariga qaraganda, tabiiy ofat tufayli 15 kishi halok bo‘ldi, shulardan o‘n nafari poytaxtda, besh nafari — viloyatda. Halok bo‘lganlar orasida voyaga yetmaganlar bor, deb xabar qiladi “Kommersant.ru”.

Foto: “MK.ru”

Foto: “MK.ru”

Ilgari 16 kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endilikda qurbonlar soni biroz kamroq ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Moskva bo‘yicha bosh tergov boshqarmasida dovulning fojiali oqibatlari sabab va shart-sharoitlarini aniqlash bo‘yicha shtab tashkil etildi.

Bundan tashqari, meriya prezidiumi yig‘ilishida hokimiyat halok bo‘lganlarning dafn marosimi xarajatlarini ko‘tarishi ma’lum qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnadi (video)
Sport
“Real” “Barselona”ga qarshi. Ispaniya Kubogining yarim finaliga qur’a tashlandi 
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?