Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2017-yilning 29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Al-Minya viloyatida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh As-Sisiyga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “SB.by”

Foto: “SB.by”

Shavkat Mirziyoyev Misr prezidentiga, birodar Misr xalqiga, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildirdi hamda jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayib ketishlarini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, 26-may kuni Misrning Al-Minya viloyatida nasroniy-koptlarni olib ketayotgan ikki avtobusga qurolli hujum uyushtirildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin