Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidentining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 16-fevraldagi PF–4958-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 22-mayda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 304-sonli qarori asosida ishlab chiqilayotgan OAK nizomlari loyihalarida juda jiddiy o‘zgarish va yangiliklar nazarda tutilgan. Bu haqda bloger Xushnudbek Xudayberdiyev Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Foto: “MK.ru”

Foto: “MK.ru”

“Hozirda OAK rasmiy saytida OAK nizomlari loyihalari muhokama qilinmoqda. Nizomlar loyihalarida juda jiddiy, ta’bir joiz bo‘lsa, inqilobiy o‘zgarish va yangiliklar nazarda tutilgan”, — deyiladi xabarda.

Jumladan, Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq mamlakat tarixida ilk bor samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish va xalqaro tajribani e’tiborga olgan holda OAK Rayosati qarori bilan istisno tariqasida tadqiqotlar amalga oshirilgan muassasa xulosasi va Ilmiy kengash taqdimnomasi asosida quyidagilarga dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berilishi mumkin:

  • fan doktori (DSc) ilmiy darajasi — salmoqli ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va ro‘yxat bo‘yicha xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 12 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 8 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga eksperiment tariqasida (ilmiy natijani amaliyotga joriy qilish bo‘yicha talablar bajarilgan holda);
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi — muhim ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va ro‘yxat bo‘yicha xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 6 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 4 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga eksperiment tariqasida.
Xorijiy mamlakatlar ilmiy jurnallari impakt-faktorining tegishli darajasi har bir fan tarmog‘ining xususiyatidan kelib chiqqan holda OAK Rayosati qarori bilan belgilanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyadagi zilzila: Qirg‘izistonda deputatlar maoshini zilzila qurbonlariga yordam uchun o‘tkazmoqchi
Dunyo
Bayden kelgusi prezidentlik sayloviga nomzodini qo‘yish-qo‘ymasligi haqidagi savolga javob berdi
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi