24 yil oldin chiqib, biror marta haydalmagan Porsche 911 ikki mln yevroga sotildi
Italiyadagi Concorso d’Eleganza Villa d’Este shinamlik tanlovida o‘tkazilgan RM Sotheby’s kimoshdi savdosi chog‘ida haydalmagan noyob Porsche 911 sotildi. Avtomobil 2 016 000 yevroga sotib olindi, deb xabar beradi Motor.
Ushbu avtomobil — 1993-yili chiqarilgan trekli Carrera RSR 3.8 dir. Sportkarning jami 51 ekzemplyari chiqarilgan, ammo ushbu mashina deyarli butun “umri” davomida joyida turgan: u bor-yo‘g‘i 10 kilometr yurgan.
Sportkar 964 avlod modeli asosida qurilgan. Kuzov Turbo-modifikatsiyadan olingan, dvigatel esa 350 ot kuchiga ega 3,8 litrlik qurilmadir. Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, real kuch zavod ma’lumotlaridan biroz farq qilib, 375 ot kuchiga tengdir.