NATOga a’zo 28 mamlakatdan 23 tasi amerikalik soliq to‘lovchilar oldida ulkan qarzdorlikka ega, negaki AQSh mudofaaga alyansning boshqa barcha mamlakatlariga nisbatan ko‘proq sarf-xarajat qiladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp tashkilot shtab-kvartirasida, alyans sammiti ochilishida qilgan nutqida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“NATOning 28 mamlakatidan 23 tasi amerikalik soliq to‘lovchilar oldida qarzdordir”, — ta’kidladi prezident.
Tramp ushbu davlatlardan harbiy xarajatlarni YaIMning 2 foizigacha ko‘tarishni talab qildi.
“2 foiz — NATO mamlakatlari uchun harbiy imkoniyatlarni yangilash uchun kerak bo‘lgan mutlaq minimumdir”, — tushuntirdi Tramp.
Izoh (0)