Buyuk Britaniya shahzodasi Uilyam ko‘lda cho‘kayotgan 16 yoshli o‘smirni qutqarish operatsiyasida ishtirok etdi. Bu haqda, Daily Telegraph nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea London yaqinidagi Lee Valley Park bog‘ida ro‘y berdi. Ko‘lda cho‘milayotgan o‘smir noma’lum sababga ko‘ra cho‘ka boshladi. Voqea joyiga qutqaruvchilar chaqirildi, qirolicha Yelizaveta II ning nabirasi esa tez yordam vertolyotini boshqarib, boqqa yetib keldi.
“Vertolyot qo‘nganini, shahzoda voqea joyiga oshiqqanini ko‘rdik. Shahzoda Uilyamning o‘zini ko‘rishni kutmagan edik”, — ma’lum qildi guvohlardan biri.
O‘smirni qutqarish operatsiyasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi: bir soatdan so‘ng ko‘ldan uning tanasi topildi.
Shahzoda Sharqiy Angliya havo tez yordam xizmati uchuvchisi hisoblanadi.
Izoh (0)