Filippinning Mindanao provinsiyasidagi Maravi shahrida davom etayotgan aksilterror operatsiyasi qurbonlari soni 44 kishiga yetdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Hozircha qurbonlar orasida tinch fuqarolar bor-yo‘qligi noma’lum. Terrorchilar qo‘liga o‘tgan shaharni qaytarib olish operatsiyasi boshlanganida minglab odamlar bu yerni tark etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Filippin qo‘shinlari Maravida ISHIDga sadoqat izhor qilgan mahalliy radikal guruhlar — “Abu Sayyaf” va “Maute”ga qarshi operatsiya o‘tkazmoqda. Mindanao provinsiyasidagi terrorchilar yetakchilaridan biri Isnilon Xapilonni qo‘lga olishga harakat qilgani tufayli bu yerda vaziyat murakkablashib ketdi. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte provinsiyada favqulodda holat e’lon qildi.
Izoh (0)