AQSh ichki xavfsizlik vaziri Jon Kelli Fox News telekanaliga bergan intervyusida mamlakatda terrorchilik xavfi borligiga ishora qilib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Vazirning ta’kidlashicha, agar amerikaliklar terror haqida u bilganchalik bilsa, ko‘chaga chiqishga qo‘rqqan bo‘lar edi.
U oxirgi bir hafta ichida bitta guruh dunyoning turli chekkalarida — Angliyada, Misrda, Filippinda va Indoneziyada to‘rtta hujum amalga oshirganini eslatib o‘tdi.
“Bu narsa har kuni, doimiy, uzluksiz ro‘y bermoqda, va bizda ham har qachon ro‘y berishi mumkin”, — xulosa qildi Kelli.
Izoh (0)