Suriya armiyasi Palmira shahri janubi-g‘arbidagi fosfat zavodidan IShID jangarilarini siqib chiqardi. Bu haqda o‘z manbalariga tayangan holda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Fosfat zavodi Suvvan tumanida joylashgan. U jangarilarning asosiy qarorgohlaridan biriga aylangan edi. Aytilishicha, uzoq davom etgan to‘qnashuvlardan so‘ng terrorchilar ko‘plab qurbonlar berib, strategik obyektni tashlab chiqib ketgan.
Voqea joyiga yetib kelgan sapyorlar terrorchilar o‘rnatgan minalarni aniqlash va zararsizlantirish bilan shug‘ullanmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)