OPЕK hamda kartelga kirmaydigan, ammo neft qazib olish hajmini qisqartirish kelishuviga qo‘shilgan mamlakatlar ushbu shartnomani yana to‘qqiz oyga uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda Eron neft vaziri Bejan Zangona bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
BAA neft vaziri Suxayl Muhammad al-Mazruiy ham xabarni tasdiqlab, unga “natijalar yaxshi” deya izoh berdi.
Ta’kidlanishicha, prolongatsiya muddatida ham ilgarigi kvotalar saqlanib qoladi.
Izoh (0)