Bugun — 25-may kuni Jizzaxda o‘rta-maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida o‘tadigan “Barkamol avlod—2017” musobaqasi start oladi. “Olamsport” nashrining festival press-reliziga asoslanib ma’lumot berishicha, musobaqani saviyali o‘tkazish uchun 32.176.8 milliard so‘m pul sarf etiladi.
Bu mablag‘ sport inshootlari, yotoqxonalar va oshxonalarni rekonstruksiya qilish, joriy ta’mirlash ishlariga safarbar etiladi. Sport musobaqalarining o‘zi asosan 4 ta ob’ektda o‘tadi: Jizzax politexnika instituti, mazkur institut qoshidagi akademik litsey, Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji, “So‘g‘diyona” sport majmuasi.
“Barkamol avlod—2017” ishtirokchilari futbol, voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi kabi jamoaviy o‘yinlarda, boks, dzyudo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, taekvondo kabi yakkakurashlarda, tennis, stol tennisi, badminton, yengil atletika, og‘ir atletika, badiiy gimnastika suzish va shaxmat kabi yakkalik sport turlarida o‘z omadini sinab ko‘radi.
Festivalning ochilish va yopilish marosimlari “So‘g‘diyona” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)