Yevropa ligasining finalida to‘qnash kelgan “Manchester Yunayted” va “Ayaks” klublarining boshlang‘ich tarkibi futbolchilarning trasnfer narxidan kelib chiqib, hisob-kitob qilindi.
Unga ko‘ra, “Yunayted” safida uchrashuvni boshlagan futbolchilarning umumiy qiymati 257 million funt-sterlingga teng ekani ma’lum bo‘ldi. “Ayaks”da esa bu ko‘rsatkich 15 millionni tashkil qiladi.
Raqibidan 17 marta qimmatroq bo‘lgan futbolchilar yakunda 2:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Kelasi mavsum har ikki klub Yevropa Chempionlar ligasida to‘p suradi.
Izoh (0)