Suriya armiyasi Aleppo shahridan sharqroqda o‘tkazilayotgan operatsiya chog‘ida IShID guruhining “urush vaziri” Abu Musob al-Masriyni yo‘q qildi. Bu haqda, Suriya davlat televideniyesiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, al-Masriydan tashqari, IShIDning yana 12 nufuzli a’zosi o‘ldirilgan.
2016-yili guruhning “urush vaziri” deb atalgan yana bir yetakchisi — Abu Umar ash-Shishoniy o‘ldirilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.