O‘zbekiston kubogi nimchorak finalidan joy olgan barcha uchrashuvlarga yakun yasaldi.
Toshkentda “Qizilqum”ni qabul qilgan “Lokomotiv” yirik — 5:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi va chorak final chiptasini deyarli hal qildi.
Vodiy derbisida esa “Neftchi” va “Navbahor” klublari o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuvning 15-daqiqasida buxorolik hakam Ilgiz Tantashev “Navbahor” futbolchisini maydondan chetlatdi. 35-daqiqada kiritilgan yagona gol sabab “Neftchi” g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
Kubok nimchorak finalining 22-may kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinlarida “Bunyodkor” G‘uzorda zafar quchgan, “Paxtakor” esa o‘z maydonida “Nasaf”dan yirik hisobda yengilgandi.
O‘zbekiston kubogi 1/8 final 23-may, seshanba
Izoh (0)